Botanika, gulli o‘simliklar va hayotiy shakllar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uy atrofidagi 6 ta o‘simlikni daftaringizga yozib, har birining hayotiy shaklini (daraxt, buta, yarimbuta, o‘t) belgilang.
Namuna: o‘rik — daraxt; na’matak — buta; qoqio‘t — ko‘p yillik o‘t; pomidor — bir yillik o‘t.
2
O‘simliklarning odam hayotidagi foydasi haqida 5 ta gapdan iborat kichik matn yozing.
Javobda oziq, kiyim, qurilish, dori va havoni kislorodga boyitish kabi fikrlar bo‘lishi kerak.
3
Gulli o‘simlikning rasmini chizib, vegetativ va generativ organlarini turli rangda belgilang.
Ildiz, poya, barg bir rangda; gul va meva boshqa rangda.
4
Quyoshli kunda bir tup o‘simlikni tanlab, 2 hafta davomida uning bo‘yi va holatini kuzating va yozib boring (ko‘chaga chiqqanda kattalar bilan).
Javob kuzatuvga bog‘liq: bo‘y ortishi, barg soni, kurtak yoki gul paydo bo‘lishi yoziladi.