Ergashgan qo‘shma gaplar tahlili va matn bilan ishlash
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uchta ergashgan qo‘shma gapni to‘liq (5 bosqich) tahlil qiling.
Har bir tahlilda kesimlar, bosh/ergash gap, vosita, ma’no va qolip bo‘lishi kerak.
2
«Tog‘ yo‘li» matniga 3 gapli davom yozing; unda shart ergash gap bo‘lsin.
Masalan: Agar yo‘lovchi shoshilmasa, cho‘qqiga omon yetadi.
3
«Matonat» va «ibrat» so‘zlari bilan gap tuzing.
Masalan: Ustozning matonati bizga ibrat bo‘ldi.
4
Ergashgan qo‘shma gaplar bo‘yicha 5 savollik test tuzing.
Savollar vosita, ma’no, tinish belgisi va qolip haqida bo‘lishi mumkin.