☰ Mundarija · Geometriya

Pifagor teoremasi va uning tatbiqlari

Darslar 2 · 1 ta dars · B. Xaydarov, E. Sariqov, A. Qo‘chqorov. Geometriya, 9-sinf (umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik), to‘ldirilgan va qayta ishlangan 4-nashr. «Huquq va Jamiyat» nashriyoti, Toshkent, 2019
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Katetlari 20 sm va 21 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi necha sm?
2
To‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlari 9 sm va 40 sm. Diagonali necha sm?
3
Teng yonli uchburchakning yon tomoni 13 sm, asosi 10 sm. Asosiga tushirilgan balandligi necha sm?
4
Narvon uzunligi 5 m. Uning pastki uchi devordan 3 m uzoqda. Narvon devorning necha metr balandligiga yetadi?
5
Nima uchun tomonlari 3, 4, 6 bo‘lgan uchburchak o‘tmas burchakli?