Matn turlari va insho
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Maktab hovlingiz haqida avval ma’lumotnoma, so‘ng ijodiy-tavsifiy matn (3 gapdan) yozing.
Namuna: Hovlida 12 ta daraxt va ikki skameyka bor. / Hovli kuzda oltin barglar gilamiga burkanadi.
2
«Nega kitob o‘qish kerak?» mavzusida 5 gapli kichik fikr yozing va unda boshqa manbadan olingan bitta fikrni muallifi bilan ko‘rsating.
Javobda o‘z fikringiz va «…deb yozgan (muallif)» ko‘rinishidagi aniq havola bo‘lishi kerak.
3
Ta’limiy va sinov insholarining farqini jadval shaklida yozing.
Ta’limiy: uyda/sinfda, manba mumkin, izlanish. Sinov: sinfda, manbasiz, nazorat ostida, bilimni sinash.
4
Lug‘at daftaringizga «xolis, obraz, mahorat, ko‘chirmakashlik» so‘zlarining ma’nosini o‘z so‘zingiz bilan yozing.
Xolis — tomon olmaydigan; obraz — jonli tasvir; mahorat — usta darajadagi malaka; ko‘chirmakashlik — o‘zganing fikrini o‘zinikidek ko‘rsatish.