Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z va unda ohang hamda tinish belgilari
Uyushiq bo‘laklarni bitta umumiy nom bilan jamlab ko‘rsatadigan so‘z umumlashtiruvchi so‘z deyiladi. Bu vazifada ko‘pincha belgilash olmoshlari (hamma, barcha, hammasi), bo‘lishsizlik olmoshlari, jamlovchi ot va son yoki so‘z birikmasi keladi. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklar bilan bir xil gap bo‘lagi vazifasida bo‘ladi. U uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, undan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: «Sinfda uch o‘quvchi: Ali, Vali va Sali qoldi». Uyushiq bo‘laklardan keyin kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi: «Qalam, daftar, kitob — hammasi sumkada». Uyushiq bo‘laklar guruh-guruh bo‘lib kelsa, guruhlar nuqtali vergul bilan ajratiladi. Ketma-ket kelgan, lekin sanash ohangisiz aytiladigan va orasiga vergul qo‘yilmaydigan aniqlovchi yoki hollar uyushmagan bo‘ladi: «Kichkina yashil qush», «Kecha kechqurun yomg‘ir yog‘di».
Tinish belgisi lotoreyasi: kartochkada umumlashtiruvchi so‘zli gap; o‘quvchi to‘g‘ri belgi (: yoki —) ni qo‘yadi.