☰ Mundarija · Tabiiy fanlar

Tadqiqot obyekti va ilmiy tadqiqot rejasi

Darslar 1–2 · 2 ta dars · K. T. Suyarov, Z. B. Sangirova, M. T. Umaraliyeva, S. G‘. Xasanova, M. K. Yuldasheva, D. T. Hasanova. Tabiiy fanlar 6-sinf (yangi nashr). Respublika ta’lim markazi, 2022
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Biologiya, kimyo va fizika uchun bittadan tadqiqot obyekti va predmeti yozing.
2
«Tashqi havo harorati kun davomida qanday o‘zgaradi?» mavzusida tadqiqot maqsadini bir gapda yozing.
3
Uyingizdan tabiatni o‘rganishda qo‘llanadigan uchta o‘lchov asbobini toping va nimani o‘lchashini yozing.
4
Nega tajribani bitta emas, bir nechta o‘simlik bilan o‘tkazish ishonchliroq? Fikringizni yozing.