Nafas olish va suv bug‘latish
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Jadval tuzing: fotosintez va nafas olish — qachon, qayerda, nima kerak, nima hosil bo‘ladi, energiya.
Fotosintez: yorug‘da, xloroplastda, CO₂+suv→shakar+O₂, energiya to‘planadi. Nafas olish: doim, barcha hujayrada, shakar+O₂→CO₂+suv, energiya ajraladi.
2
Bitta bargli novda bilan suv bug‘latish tajribasini uyda o‘tkazib, 24 soatda suv sathining o‘zgarishini yozing.
Suv sathi pasayadi; natija novda kattaligi va haroratga bog‘liq.
3
Bir tup makkajo‘xori yozda taxminan 200 l suv bug‘latsa, 15 tup necha litr bug‘latadi?
3000
4
Saksovul, shuvoq, kaktus: suvni tejash uchun har birida qanday moslashish bor?
Saksovul — tangacha bargli; shuvoq — mayda bo‘lakli tukli barg, yozda barg to‘kadi; kaktus — barg tikanga aylangan, poyada suv saqlaydi.
5
Xona o‘simligi bargini nima uchun vaqti-vaqti bilan nam latta bilan artib turish kerak?
Chang og‘izchalarni berkitadi va yorug‘likni to‘sadi; artilsa, nafas olish, bug‘lanish va fotosintez yaxshilanadi.