Laboratoriya ishi: matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash
Ishning maqsadi: g ni mayatnik davridan aniqlash. T = 2π√(l/g) dan g = 4π²l/T² kelib chiqadi, T = t/N. Asboblar: shtativga mahkamlangan ipli sharcha, o‘lchov lentasi, sekundomer. Uzunlik l ipning uzunligi bilan sharcha radiusi yig‘indisi (ip uzunligiga radius qo‘shiladi, chunki osilish nuqtasidan sharcha markazigacha o‘lchanadi). Sharcha 6–8° dan ortiq og‘dirilmaydi, N = 20, 30, 40 ta tebranishning vaqti o‘lchanadi, har safar g hisoblanadi, so‘ng g(o‘rt) = (g₁ + g₂ + g₃)/3 va xatolik Δg = |g – g(o‘rt)| topiladi. Xatolik sababi: sekundomerni boshlash va to‘xtatishdagi kechikish, uzunlikni noaniq o‘lchash, kichik tebranishlar sharti buzilishi. Tebranishlar soni ko‘p bo‘lsa, davrning nisbiy xatoligi kamayadi. Bajaring: o‘qituvchi nazoratida, shtativ ag‘darilmasligi uchun mahkamlab qo‘ying.
Faqat o‘qituvchi bilan: ish tartibini bajaring; jadvalga l, N, t, T, g, Δg ni yozing. Og‘ir bo‘lmagan sharcha ishlating, shtativ chetiga yaqin turmang.