Uglevodlar, lipidlar, oqsillar va nuklein kislotalar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uglevodlar va lipidlarni solishtiruvchi jadval tuzing (guruhlari, eruvchanligi, uchta vazifasi).
Uglevodlar – mono-, di-, polisaxaridlar; monosaxarid va disaxaridlar suvda eriydi; energiya, qurilish, zaxira. Lipidlar – yog‘lar, mumlar, fosfolipidlar, steroidlar; suvda erimaydi; energiya, membrana, issiqlik saqlash.
2
Oqsilning to‘rt tuzilish darajasini tartib bilan yozing va har biriga bittadan misol keltiring.
Birlamchi – aminokislotalar ketma-ketligi (insulin); ikkilamchi – spiral (keratin, kollagen); uchlamchi – globula (mioglobin, fermentlar); to‘rtlamchi – bir necha subbirlik (gemoglobin).
3
DNKda 18% guanin bor. Qolgan uch asosning foizini toping. Avval sitozin foizini, so‘ng adenin foizini yozing; javobni izohlang.
Sitozin 18% (G = C), adenin va timin: (100 – 36) : 2 = 32% dan.
4
ATF tuzilishini va hujayrada energiya qanday ajralishini 3–4 gapda tushuntiring.
ATF – adenin, riboza va uchta fosfat qoldig‘i. Oxirgi fosfat qoldig‘i ajralganda ADF hosil bo‘ladi va taxminan 40 kJ/mol energiya chiqadi; bu energiya hujayra jarayonlariga sarflanadi.
5
Sut ichganda ko‘pchilik odamlarda qaysi disaxarid parchalanadi va u qanday monosaxaridlarga ajraladi?
Laktoza; glukoza va galaktozaga.