Oqsillarning funksiyasi
Oqsillar hujayrada ko‘p vazifa bajaradi. Qurilish: ular membranalar va membranasiz organoidlar tarkibiga kiradi. Katalitik: fermentlar — oqsil tabiatli biologik katalizatorlar, har biri odatda bitta reaksiya yoki bir turdagi moddaga ta’sir qiladi (tanlovchanlik) va reaksiyani minglab, hatto millionlab marta tezlatadi; ular me’yoriy harorat va pH da yaxshi ishlaydi. Tashish: gemoglobin kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga tashiydi. Harakat: aktin va miozin kabi qisqaruvchi oqsillar mushak qisqarishi, kiprikcha va xivchin harakatini ta’minlaydi. Signal: membrana retseptor oqsillari tashqi signalni qabul qiladi. Himoya: leykotsitlar antitanalar ishlab chiqaradi, ular yot oqsillar va mikroorganizmlarni zararsizlantiradi; emlash shu mexanizmga asoslanadi. Zaxira: sut, tuxum, urug‘ oqsillari. Gormonal: insulin qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Energetik: 1 g oqsil to‘liq parchalansa taxminan 17,6 kJ beradi, lekin energiya asosan uglevod va yog‘lardan olinadi.
«Oqsil mutaxassisliklari». Har bir guruh bitta vazifani (ferment, gemoglobin, antitana, insulin, aktin) «kasb» sifatida tanishtiradi va sinfga misol keltiradi.