Biomolekulalar va uglevodlar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Monosaxarid, disaxarid va polisaxaridlarga bittadan misol keltiring va ular qaysi mahsulotda ko‘p bo‘lishini yozing.
Glyukoza — uzum; saxaroza — qand lavlagi; kraxmal — kartoshka, guruch.
2
Bir bo‘lak nonda 30 g uglevod bor. To‘rt bo‘lak non organizmda to‘liq parchalansa, necha kJ energiya beradi? (1 g uglevod = 17,6 kJ)
2112
3
Glyukoza molekulyar massasini hisoblang (C = 12, H = 1, O = 16).
180
4
O‘simlik hujayrasida uglevod nima uchun ko‘p?
Sellyulozali devor va kraxmal zaxirasi tufayli; fotosintezda glyukoza hosil bo‘ladi.
5
Nima uchun sportchilar musobaqadan oldin uglevodga boy ovqat yeydi?
Uglevod tez ajraladigan energiya manbai; glikogen zaxirasi mushaklarda to‘planadi.