Undalma; undalmalarda tinish belgilari
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Oila a’zolari, ustozlar va tengdoshlarga murojaatda ishlatiladigan hurmat ifodalovchi 10 ta undalma yozing.
Masalan: hurmatli ustoz, aziz do‘stim, muhtaram mehmonlar.
2
Undalma gap boshida, o‘rtasida va oxirida kelgan 3 ta gap tuzing; tinish belgilarini qo‘ying.
Bir tomondan yoki ikki tomondan vergul.
3
Undalmali 2 ta gap topib, undalmani mustaqil gapga aylantiring.
Masalan: Ey vatan, seni sevaman → Ey vatan! Seni sevaman.
4
«Til ofati» mavzusida 1 daqiqalik og‘zaki nutq tayyorlang; undalmadan foydalaning.
Masalan: Aziz do‘stlar, so‘zni o‘ylab ayting.