☰ Mundarija · Geometriya

Ko‘pburchaklar. Ichki va tashqi burchaklar yig‘indisi

Darslar 2–3 · 2 ta dars · A. A. Rahimqoriyev, M. A. To‘xtaxo‘jayeva. Geometriya, 8-sinf (umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik), uzviylashtirilgan dasturga mos qayta ishlangan 3-nashr. «Yangiyo‘l Poligraf Servis», Toshkent, 2014
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Qavariq o‘n to‘rtburchakning hammasi bo‘lib nechta diagonali bor?
2
Qavariq ko‘pburchak ichki burchaklarining yig‘indisi 2160°. Uning nechta tomoni bor?
3
Muntazam ko‘pburchakning ichki burchagi 160°. Uning nechta tomoni bor?
4
Beshburchakning to‘rtta burchagi 100°, 110°, 120° va 90°. Beshinchi burchagi necha gradus?
5
Qavariq n burchak bir uchidan chiqqan diagonallar bilan nechta uchburchakka ajraladi? Sababini yozing.