☰ Mundarija · Geometriya

Parallelogramm va uchburchakning yuzi

Darslar 22–23 · 2 ta dars · A. A. Rahimqoriyev, M. A. To‘xtaxo‘jayeva. Geometriya, 8-sinf (umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik), uzviylashtirilgan dasturga mos qayta ishlangan 3-nashr. «Yangiyo‘l Poligraf Servis», Toshkent, 2014
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Parallelogrammning tomonlari 20 sm va 15 sm, 20 sm li tomonga tushirilgan balandlik 6 sm. 15 sm li tomonga tushirilgan balandlik necha sm?
2
Uchburchakning yuzi 84 sm², balandligi 12 sm. Shu balandlik tushirilgan tomon necha sm?
3
Ikki uchburchakning asoslari teng, balandliklari 4 sm va 12 sm. Birinchisining yuzi 18 sm² bo‘lsa, ikkinchisiniki necha sm²?
4
ABC uchburchakning yuzi 90 sm², D nuqta AB ning o‘rtasi. ACD uchburchakning yuzi necha sm²?
5
Uchburchak yuzi formulasini parallelogramm yordamida qanday isbotlash mumkin?