Yoqilg‘i-energetika majmuasi
Yoqilg‘i-energetika majmuasiga yoqilg‘i sanoati (neft, gaz, ko‘mir, torf, slanes qazib olish va ularga ishlov berish) hamda elektroenergetika kiradi. Energetika boyliklari — yoqilg‘i boyliklari va gidroenergiya (yuqoridan tushayotgan daryo suvi energiyasi). Ilm-fan quyosh, shamol va geotermal energiya kabi tugamaydigan manbalardan keng foydalanish yo‘llarini izlaydi. Turli yoqilg‘ilarni solishtirish uchun ular shartli yoqilg‘iga aylantiriladi: shartli yoqilg‘i birligi sifatida yonish issiqligi taxminan 7000 kkal bo‘lgan 1 kg yuqori sifatli toshko‘mir olinadi, boshqa yoqilg‘ining issiqligi shunga nisbatan koeffitsient bilan ifodalanadi. Issiqligi kam yoqilg‘ilar (torf, slanes, qo‘ng‘ir ko‘mir) uzoqqa tashilsa qimmatlashadi, shuning uchun ular mahalliy yoqilg‘i hisoblanadi va qazib olingan joyda ishlatiladi. Eng tejamli yoqilg‘i neft va gaz: ularni qazib olish va quvur orqali yuborish arzon. Qazib olingan va ishlatilgan yoqilg‘i nisbati yoqilg‘i-energetika balansi deyiladi; hozir uning eng katta qismini tabiiy gaz tashkil etadi.
«Yoqilg‘i xaritasi»: guruhlar atlasdan neft, gaz, ko‘mir konlari va quvurlarni topib, yozuvsiz xaritaga turli rangda tushiradi.