Algebraik kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lish
Kasrlarni ko‘paytirishda suratlar ko‘paytiriladi va maxrajlar ko‘paytiriladi: (a/b) · (c/d) = ac/(bd). Bo‘lishda bo‘linuvchi kasr bo‘luvchining teskarisiga ko‘paytiriladi: (a/b) : (c/d) = (a/b) · (d/c) = ad/(bc), bunda c ≠ 0. Kasrni darajaga ko‘tarishda surat va maxraj alohida ko‘tariladi: (a/b)ⁿ = aⁿ/bⁿ. Ko‘paytirishdan oldin surat va maxrajlarni ko‘paytuvchilarga ajratib, qisqartiriladigan ko‘paytuvchilarni qisqartirsak, hisob yengillashadi. Natija doim qisqartirilgan holda yoziladi. Butun ifodani kasr deb qarash mumkin: a = a/1; shuning uchun kasrni ifodaga ko‘paytirish yoki bo‘lish ham shu qoidalar bilan bajariladi.
«Teskari kasr kartochkalari»: har bir bola kasr yozilgan kartochka oladi va teskarisini topadi. So‘ng juftliklarda bo‘lish misolini ko‘paytirishga aylantirib yechadi.