☰ Mundarija · Tabiiy fanlar

Tirik organizmlar klassifikatsiyasi, o‘simliklar va hayvonlar dunyosi

Darslar 16–18 · 3 ta dars · K. T. Suyarov, Z. B. Sangirova, M. T. Umaraliyeva, S. G‘. Xasanova, M. K. Yuldasheva, D. T. Hasanova. Tabiiy fanlar 6-sinf (yangi nashr). Respublika ta’lim markazi, 2022
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyingizdagi yoki ko‘chadagi 6 ta o‘simlik va hayvonni (rasmini) tanlab, ularni sizning belgingiz bo‘yicha guruhlang. Qaysi belgidan foydalandingiz?
2
Ikki urug‘pallali va bir urug‘pallali o‘simlikka bittadan misol keltiring.
3
Mushuk uchun sistematik zinapoyani yozing: tip va sinfini ayting.
4
Nega yo‘sin quruq issiq joyda emas, zax joyda o‘sadi? Fikringizni yozing.