☰ Mundarija · Tabiiy fanlar

Suyuqliklar, diffuziya va qattiq moddalar

Darslar 8–10 · 3 ta dars · K. T. Suyarov, Z. B. Sangirova, M. T. Umaraliyeva, S. G‘. Xasanova, M. K. Yuldasheva, D. T. Hasanova. Tabiiy fanlar 6-sinf (yangi nashr). Respublika ta’lim markazi, 2022
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyda diffuziyaga uchta misol toping va qaysi holatda (gaz, suyuqlik, qattiq) kechayotganini yozing.
2
Bir xil ikki stakan suvga shakar soling: biri sovuq, biri iliq (qaynoq emas). Qaysi birida tez eriydi? Sababini yozing.
3
Sizning oldingizda sut, tosh va havo bor. Har birining shakli va hajmi haqida bir gapdan yozing.
4
Yashash joyingiz yaqinidagi qurilishda qaysi qattiq materiallar ishlatilayotganini kuzating va uchtasini yozing.