Ayirish, ta’sirlanish va yaxlit organizm
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Do‘stingiz bilan «reaksiya vaqti» tajribasini uyda takrorlang: 5 urinishning o‘rtacha masofasini toping.
Javob o‘lchovga bog‘liq: 5 ta masofani qo‘shib 5 ga bo‘ling.
2
Odam ayirish sistemasi sxemasini chizib, organlarini imzolang.
Buyraklar, siydik yo‘llari, qovuq, siydik chiqarish kanali imzolangan bo‘lishi kerak.
3
Uyingizdagi o‘simlik fototropizmini 7 kun kuzatib, har kuni egilish yo‘nalishini yozing.
Novda deraza, ya’ni yorug‘lik tomonga egiladi.
4
Ovqat yeganingizdan keyin qanday organlar ketma-ket ishlashini 4–5 gapda yozing.
Hazm yo‘li ovqatni parchalaydi; ingichka ichakdan oziq qonga so‘riladi; qon uni hujayralarga tashiydi; qoldiq yo‘g‘on ichak orqali chiqadi, suv va zararli moddalar buyrak orqali ajraladi.