Eng katta umumiy bo‘luvchi. O‘zaro tub sonlar
Ikki sonning ikkalasiga ham qoldiqsiz bo‘linadigan son ularning umumiy bo‘luvchisi deyiladi. Umumiy bo‘luvchilarning eng kattasi eng katta umumiy bo‘luvchi (EKUB) deyiladi. EKUB ni topish uchun sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajratamiz, ikkalasida ham uchraydigan tub ko‘paytuvchilarni eng kichik darajasi bilan olib, ko‘paytiramiz. Masalan, 24 = 2³ · 3 va 36 = 2² · 3², umumiy qismi 2² · 3 = 12. Agar ikki sonning EKUB i 1 ga teng bo‘lsa, ular o‘zaro tub sonlar deyiladi; ularning o‘zi tub bo‘lishi shart emas, masalan, 14 va 25.
«Eng katta qutilar»: guruhlarga 36 ta qizil va 48 ta ko‘k qalam (kartochka yoki sanoq cho‘plari) beriladi. Ularni bir xil to‘plamlarga bo‘lib chiqish kerak: eng ko‘p nechta to‘plam hosil bo‘ladi? Guruhlar javobni EKUB bilan tekshiradi.