☰ Mundarija · Matematika

Takrorlash: ma’lumotlar va kombinatorika

Darslar 59 · 1 ta dars · M.A. Mirzaahmedov, A.A. Rahimqoriyev, Sh.N. Ismailov, M.A. To‘xtaxodjayeva. Matematika 6-sinf, 2-nashr. «O‘qituvchi» NMIU, Toshkent, 2017
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
4, 9, 7, 6, 4 sonlarning o‘rta arifmetigini va modasini toping.
2
2, 8, 5, 3, 7, 9 sonlarning medianasini toping.
3
Doiraviy diagrammada 30% li sektor necha gradus?
4
5 xil sharbat va 6 xil pirojniydan bitta sharbat va bitta pirojniy necha xil usulda tanlanadi?
5
Olti nafar o‘quvchining bo‘yi (sm): 148, 152, 150, 148, 155, 151. O‘zgarish kengligini toping.