Ulushlar va oddiy kasrlar
Aylananing barcha nuqtalari uning markazidan baravar uzoqlikda yotadi; aylana bilan chegaralangan tekislik bo‘lagi doira deyiladi, doira diametri radiusidan 2 marta uzun. Butun narsa teng bo‘laklarga bo‘linsa, har bir bo‘lak ulush deyiladi. Masalan, tortni teng 8 bo‘lakka bo‘lsak, har bir bo‘lak «sakkizdan bir» ulush bo‘ladi. Agar 8 ta ulushdan 3 tasi olinsa, «sakkizdan uch» hosil bo‘ladi va u 3/8 deb yoziladi. Bunday yozuv oddiy kasr deyiladi: kasr chizig‘ining tagidagi son maxraj (butun nechta ulushga bo‘linganini bildiradi), tepasidagi son surat (nechta ulush olinganini bildiradi). Yarim — 1/2, chorak — 1/4, nimchorak — 1/8. Sonning qismini topish uchun sonni maxrajga bo‘lib, suratga ko‘paytiramiz.
«Qog‘oz buklash»: katta qog‘oz tasmani buklab 8 ta teng bo‘lakka ajrating, 5 tasini bo‘yang va kasrni yozing (5/8). Qaychi kerak bo‘lsa, kattalardan yordam so‘rang.