Aleksandr Blok. She’rlar
Aleksandr Blok 1880-yil 16-noyabrda Peterburgda dvoryan oilasida tug‘ilgan. Ota-onasi ajralgani sababli onasining otasi — mashhur olim, botanik A. N. Beketov oilasida tarbiyalangan. Besh yoshlarida she’r yozishni boshlagan. 1898-yilda Peterburgdagi gimnaziyani tugatib, Peterburg universitetiga kirgan va uni 1906-yilda bitirgan. Birinchi to‘plami «Стихи о Прекрасной Даме» 1904-yilda chiqqan; ikkinchi to‘plami «Нечаянная радость» uni keng kitobxonga tanitgan. 1907-yildagi «Заклятие огнём и мраком» turkumiga «О, весна без конца и без краю…» she’ri kiradi. U umid va ishonchga to‘la: lirik qahramon hayotni shartsiz qabul qiladi, omad ham, omadsizlik ham unga salom; kurashga tayyor («qalqon jarangi bilan salomlayman»). Bahor obrazi bu yerda cheksiz orzu va yangilanish ramziga aylanadi. Badiiy usul: «Принимаю…» so‘zining takrori (anafora) she’rga qat’iy ritm beradi. 1912-yildagi ikkinchi she’r («Ночь, улица, фонарь, аптека…») esa butunlay boshqa kayfiyatda: sakkiz qatorda sovuq, ma’nosiz doira — hamma narsa takrorlanaveradi, chiqish yo‘li yo‘q. Ikkala she’rda ham tashqi dunyo tasviri qahramonning ichki holatini ochadi, lekin birinchisida — umid, ikkinchisida — umidsizlik.
«Ikki kayfiyat». Sinf ikkiga bo‘linadi: biri birinchi she’rni umid ohangida, ikkinchisi ikkinchi she’rni sovuq, bir xil ovozda o‘qiydi; so‘ng ohang farqi nimadan kelib chiqqanini (so‘zlar, takror, tasvirlar) muhokama qiladilar.