☰ Mundarija · Matematika

Ekstremal masalalar

Darslar 9 · 1 ta dars · M. A. Mirzaahmedov, Sh. N. Ismailov, A. Q. Amanov (algebra va analiz asoslari), B. Q. Xaydarov (geometriya). Matematika 11-sinf, 1- va 2-qismlar, 1-nashr. «ZAMIN NASHR» MChJ, Toshkent, 2018
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Tomonlari x va 18 − x (m) bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi eng katta bo‘ladigan x ni toping va shu yuzni hisoblang.
2
s(t) = −t³ + 15t² (m) qonun bo‘yicha harakatda eng katta tezlik qaysi paytda va qancha bo‘ladi?
3
Foyda P(x) = −4x² + 200x − 900 (ming so‘m), x — oyda ishlab chiqarilgan mahsulot soni. Foyda eng katta bo‘lishi uchun nechta mahsulot ishlab chiqarish kerak va u qancha?
4
Radiusi 5 cm bo‘lgan doiraga ichki chizilgan to‘g‘ri to‘rtburchaklar ichida yuzi eng kattasining o‘lchamlarini va yuzini toping.
5
Sexda t soatda ishlab chiqarilgan detallar soni Q(t) = −t³ + 9t² + 30t (0 ≤ t ≤ 8). Ish unumdorligi Q′(t) eng katta bo‘ladigan paytni va shu unumdorlikni toping.