N. S. Gumilyov: hayoti. «Капитаны» turkumidan she’r
N. S. Gumilyov 1886-yil 15-aprelda Kronshtadtda kema shifokori oilasida tug‘ilgan. Onasi qadimiy dvoryan oilasidan, bobosi admiral edi. Sarskoye Selo gimnaziyasida o‘qigan (u yerda kelajakdagi xotini A. Axmatova bilan tanishgan), so‘ng Peterburg universitetining tarix-filologiya fakultetida. 1907–1908-yillarda Parijdagi Sorbonnada o‘qigan, pul yig‘ib, Afrikaga birinchi sayohatini qilgan va keyinroq yana bir necha bor ilmiy ekspeditsiyada bo‘lgan. Sayohat ruhi «Романтические цветы» (1908) va «Жемчуга» (1910) kitoblarida aks etgan; uning vizitkasi — 1908-yildagi «Жираф» she’ri. 1911-yilda S. Gorodetskiy bilan «Цех поэтов»ni tuzib, akmeizm yo‘nalishini boshqargan. 1914-yilda ko‘ngilli bo‘lib uhlan polkiga ketgan, razvedkachi bo‘lgan, jasorati uchun ikkita Georgiy xochi bilan taqdirlangan. Oxirgi to‘plami — «Огненный столп» (1921). U 1921-yilda asossiz ayblov bilan hibsga olinib, o‘sha yilning avgustida otib o‘ldirilgan. Akmeistlar (Axmatova, Mandelshtam va boshqalar) simvolizmdan norozi bo‘lib, she’rda soddalik, aniqlik va so‘zning o‘z ma’nosiga qaytishini yoqlaganlar.
«Kapitan portreti». Sifat va o‘xshatishlar (epitet, taqqos) jadvalini tuzing, so‘ng kapitanlarni o‘zingiz ko‘rgandek 4–5 gapda tasvirlang.