☰ Mundarija · Geometriya

Ko‘pburchak yuzi va tayanch masalalar

Darslar 26–27 · 2 ta dars · A. A. Rahimqoriyev, M. A. To‘xtaxo‘jayeva. Geometriya, 8-sinf (umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik), uzviylashtirilgan dasturga mos qayta ishlangan 3-nashr. «Yangiyo‘l Poligraf Servis», Toshkent, 2014
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Oltiburchak 4 ta uchburchakka ajratildi, yuzlari 3, 4, 5 va 6. Oltiburchak yuzi?
2
15 × 10 to‘g‘ri to‘rtburchakdan 6 × 5 qismi olib tashlandi. Qolgan shakl yuzi?
3
Trapetsiyada diagonallar O nuqtada kesishadi, S(AOB) = 14, S(BOC) = 7. S(AOD) ni toping (S(AOB) = S(COD) dan va 1-tayanch masaladan foydalaning).
4
Parallelogrammning asosi 16 sm, balandligi 5 sm. Shu asos va balandlikli uchburchak yuzi necha sm²?
5
Beshburchak yuzini topish usulini o‘z so‘zlaringiz bilan tushuntiring.