Yuz yillik urushning boshlanishi
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Yuz yillik urushning dastlabki davri janglarini jadvalga yozing: yili, joyi, g‘olib.
1340 dengiz jangi — inglizlar; 1346 Kressi — inglizlar; 1356 Puate — inglizlar.
2
Ingliz va fransuz qo‘shinlari tuzilishini solishtiring: bitta o‘xshash yoki farqli jihat yozing.
Inglizlarda yagona qo‘mondonlik va maosh olgan sardorlar, kamonchilar; fransuzlarda mustaqil ritsarlar.
3
Dehqonlar nima uchun Jakeriya qo‘zg‘olonini ko‘targan? 3 gapda yozing.
Soliqlar og‘ir edi, urushda dehqonlar talangan, feodallar ularga yordam bermadi.
4
Xaritada Akvitaniya, Normandiya, Kressi va Puate joylarini toping.
Akvitaniya — janubi-g‘arb; Normandiya — shimoli-g‘arb; Kressi — shimol; Puate — g‘arbiy markaz.