Mesopotamiya sivilizatsiyalari
Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya, ya’ni «Ikki daryo oralig‘i» deb atagan. Daryolar toshqini yerlarga unumdor loyqa olib kelgan, dehqonchilik rivojlangan. Ammo bu yerda yog‘och, metall va tosh kam bo‘lgani uchun aholi donni qo‘shni o‘lkalarga ayirboshlab, metall va tosh olib kelgan; kumush quymasi pul o‘rnida ishlatilgan. Mil. avv. IV ming yillikda janubda shumerlar o‘rnashib, yurtni Shumer deb atagan, shimoliy qismida Akkad bo‘lgan. Shumerlar eng qadimgi yozuvlardan biri — mixxatni ixtiro qilgan: uchi o‘tkir tayoqcha bilan nam loy taxtachalarga yozgan. Uruk, Umma, Lagash, Ur kabi shahar-davlatlar vujudga keldi; ularni podsholar va kohinlar boshqargan, markazda xudolar ibodatxonasi — zikkurat turgan. Mashhur xudolar: Quyosh xudosi Shamash, Oy xudosi Sin, suv xudosi Ea, Ishtar. Uruk podshosi Gilgamish haqidagi rivoyat Mesopotamiya adabiyotining mashhur asaridir. Mil. avv. XXIV asr atrofida Akkad shohi Sargon (kitobda Sargon I) shahar-davlatlarni birlashtirdi, muntazam qo‘shin tuzdi va «to‘rt iqlim mamlakatlari podshosi» unvonini oldi. Keyin ko‘chmanchi qabilalar hujumi davlatni zaiflashtirdi.
«Loy taxtachaga yozamiz»: bolalar plastilin taxtachaga tayoqcha bilan mixxatga o‘xshash belgilar bosadi.