Yunon polislari: Afina, Sparta va koloniyalar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Afina va Spartani jadval bilan solishtiring: aholi, ta’lim, mashg‘ulot.
Afina: fuqaro/metek/qul; pullik ta’lim; savdo va hunar. Sparta: spartalik/periek/ilot; harbiy tarbiya; faqat jang.
2
Koloniyaga ketayotgan yunon nomidan 4–5 gapli xat yozing.
Javob ixtiyoriy: yerim yo‘q, qarzdorman, xudolarga qurbonlik, vatan olovi, yangi hayot umidi.
3
«Pedagog» so‘zining ma’nosini aytib, bugungi maktabdagi o‘qituvchiga bog‘lang.
Yunoncha «bolani yo‘lda kuzatib boruvchi»; hozir o‘qituvchi — bolani bilim yo‘lida yetaklovchi.
4
Sitsiliya, Olviya va Pantikapeyni xaritadan toping.
Sitsiliya — O‘rtayer dengizidagi orol; Olviya va Pantikapey — Qora dengiz sohilida.