Moddaning uch holati va gazlar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyingizdan har bir holatdan beshtadan modda yoki buyum toping va jadvalga yozing.
Masalan: qattiq – qoshiq, stol, kitob; suyuq – suv, sut, yog‘; gaz – havo, tabiiy gaz, suv bug‘i.
2
Ruchka, sharbat, shamol: qaysi biri qaysi holatda? Xossasini ayting.
Ruchka – qattiq (shakli doimiy); sharbat – suyuq (idish shaklini oladi); shamol – harakatlanayotgan havo, gaz.
3
Oilangiz bilan gaz xavfsizligi qoidalarini muhokama qilib, 3 ta qoidani yozing.
Masalan: gaz hidida olov yoqmaslik; gaz plitasini qarovsiz qoldirmaslik; xonani shamollatib turish, 104 raqamini bilish.
4
Nima uchun yopiq xonada gaz plitasini yoqib uxlash xavfli?
Havo (kislorod) kamayib, chala yonish natijasida zaharli is gazi to‘planishi mumkin.