Kalendarlar va yil hisobi
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Tug‘ilgan yilingiz, ota-onangiz va bobongiz tug‘ilgan yillar qaysi asrlarga tegishli? Rim raqamida yozing.
Masalan: 2015-yil — XXI asr, 1985-yil — XX asr.
2
Grigorian kalendarida 400 yilda necha kun bor? Hisoblab ko‘rsating.
146097
3
Misr kalendari yilni 365 kunga, haqiqiy yil 365 kun 6 soatga teng. 8 yilda necha sutka xato to‘planadi?
2
4
Mil. avv. 776, mil. avv. 46, milodiy 622 va 1582-yil sanalarini qadimiydan yangisiga qarab tartiblang.
Mil. avv. 776, mil. avv. 46, 622, 1582.
5
O‘zingiz tug‘ilgan yildagi muchal hayvonini toping va oila a’zolaringizniki bilan solishtiring.
Javob erkin; 12 yillik davrni hisoblab, hayvonlar ketma-ketligidan foydalaning.