☰ Mundarija · Matematika

Piramida va kesik piramida

Darslar 38 · 1 ta dars · M. A. Mirzaahmedov, Sh. N. Ismailov, A. Q. Amanov (algebra va analiz asoslari), B. Q. Xaydarov (geometriya). Matematika 11-sinf, 1- va 2-qismlar, 1-nashr. «ZAMIN NASHR» MChJ, Toshkent, 2018
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Muntazam to‘rtburchakli piramidaning asos tomoni 16, balandligi 6. Yon sirti va hajmini toping.
2
Piramida asosi 12 × 16 to‘g‘ri to‘rtburchak, har bir yon qirra 26. Hajmini toping.
3
Balandligi 9, asosining yuzi 81 bo‘lgan piramida uchidan 6 masofada asosga parallel kesim o‘tkazildi. Kesim yuzi va ajratilgan kichik piramida hajmi butun piramida hajmining qanday qismi?
4
Asoslari tomonlari 3 va 9 bo‘lgan muntazam to‘rtburchakli kesik piramidaning balandligi 4. Hajmini toping.
5
Nima uchun piramida hajmi shu asos va balandlikdagi prizma hajmining uchdan biri?