☰ Mundarija · Matematika

Tasodifiy hodisalar va ehtimollik

Darslar 33 · 1 ta dars · M. A. Mirzaahmedov, Sh. N. Ismailov, A. Q. Amanov (algebra va analiz asoslari), B. Q. Xaydarov (geometriya). Matematika 11-sinf, 1- va 2-qismlar, 1-nashr. «ZAMIN NASHR» MChJ, Toshkent, 2018
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
1 dan 12 gacha raqamlangan kartochkalardan 3 ga karrali son olish ehtimolligini toping.
2
Savatda 7 olma, 5 nok va 8 olxo‘ri bor. Tavakkaliga olingan meva nok bo‘lmaslik ehtimolligi?
3
Ikki kub tashlanganda yig‘indi 10 bo‘lish ehtimolligini toping.
4
Testda 4 ta savol bor, har biriga «ha» yoki «yo‘q» deb javob beriladi. O‘quvchi javoblarni tavakkaliga belgiladi. Hammasi to‘g‘ri bo‘lishi va kamida bittasi to‘g‘ri bo‘lishi ehtimolliklarini toping.
5
«Ertaga yomg‘ir ehtimolligi 30 %» degan prognozni qanday tushunasiz?