☰ Reja · Matematika

Matnli masalalar: harakat, ish, aralashma; jadval va diagramma

5-hafta · blok 1.3 · 3 dars
Avval o‘zingiz yeching, keyin javobni tekshiring.
1
Ikki shahar orasi 450 km. Ikki poyezd bir vaqtda bir-biriga qarab chiqdi, tezliklari 80 va 70 km/soat. Necha soatdan keyin uchrashadi?
2
Kater oqim bo‘ylab 32 km/soat, oqimga qarshi 24 km/soat tezlik bilan yuradi. Uning turg‘un suvdagi va oqim tezligini toping.
3
Usta ishni 8 soatda, shogird 24 soatda bajaradi. Birga necha soatda bajaradi?
4
15% li 400 g tuz eritmasiga 200 g suv qo‘shildi. Yangi eritma necha foizli?
5
Xarita masshtabi 1 : 25 000. Xaritada ikki joy orasi 8 sm. Haqiqiy masofa necha km?