☰ Mundarija · Informatika

Mantiq asoslari va mantiqiy amallar

Darslar 1–2 · 2 ta dars · M. R. Fayziyeva, D. M. Sayfurov, N. S. Xaytullayeva. Informatika va axborot texnologiyalari, 9-sinf. «Nashriyot uyi Tasvir», Toshkent, 2020
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Qaysi gaplar mulohaza, qaysilari emas: a) 9 soni juft; b) Kitobingni och!; d) Chirchiq – Toshkent viloyatidagi shahar; e) Bugun nechanchi son?
2
A = 1, B = 0, C = 1 bo‘lsa, (A ∧ B) ∨ C va A => (B ∨ C) ning qiymatlarini toping.
3
¬A ∨ B ∧ C ifodani A = 1, B = 1, C = 0 uchun hisoblang.
4
«Men chizaman yoki kuylayman» gapidan sodda mulohazalarni ajratib, ifoda yozing.
5
«Maktab uyimdan uzoq» mulohazasining inkorini yozing.