Odil Yoqubov
Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotining yetakchi yozuvchilaridan biri. Hujjatlarda uning 1926-yil 20-oktabrda Turkiston viloyatining Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgani yozilgan, darslikda esa aslida 1927-yilda dunyoga kelgani aytiladi; ko‘pchilik manbalarda 1926–2009-yillar ko‘rsatiladi. Otasi Egamberdi Yoqubov ma’sul lavozimlarda ishlagan va 1937-yilda qamalgach, qaytmagan. Yoqubov 1944-yilda maktabni bitirib, 1945-yilda o‘n yetti yoshida ko‘ngilli bo‘lib urushga ketdi: Uzoq Sharqda xizmat qildi, Gobi cho‘lini piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi janglarda qatnashdi va 1950-yilda uyga qaytdi. 1951–1956-yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida rus tili va adabiyoti bo‘limida o‘qidi, keyin Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, «Literaturnaya gazeta»ning muxbiri, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligining bosh muharriri bo‘ldi. 1989–1996-yillarda Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1996–2004-yillarda Atamashunoslik qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 2009-yil 21-dekabrda Toshkentda vafot etdi. Ilk asari «Tengdoshlar» qissasi 1951-yilda bosildi; keyin dramalar, qissalar va «Er boshiga ish tushsa», «Diyonat», «Ulug‘bek xazinasi», «Ko‘hna dunyo», «Oqqushlar, oppoq qushlar», «Adolat manzili», «Osiy banda» romanlarini yozdi.
Bir muallifning hayotini vaqt chizig‘iga qo‘ygan o‘quvchi qaysi asar qaysi yilda yozilganini ko‘radi. Sanalar tartibi muallifning o‘sishini tushuntiradi.
Tarixchilar, muzey ekspozitsiyasi tuzuvchilar va tadqiqotchilar voqealarni vaqt chizig‘iga joylashtirib, o‘sish yo‘lini ko‘rsatadi.
Bugungi kuningizdagi to‘rt ishni vaqt tartibida chizib yoki aytib chiqing.
Yoqubovning hayotini «urush – o‘qish – kasb – rahbarlik» to‘rt bosqichga bo‘lib, har biriga bittadan sana yozing va juftlikda tekshiring.