Halima Xudoyberdiyeva
Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida bog‘bon oilasida tug‘ilgan. Onasi u ikki yoshga to‘lganda vafot etgan, uni xolasi Qarshigul tarbiyalagan. Maktabdan keyin Toshkent davlat universitetida o‘qib, 1972-yilda jurnalistika fakultetini bitirgan, 1975–1977-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. Birinchi to‘plami «Ilk muhabbat» 1969-yilda, talabaligida chiqqan; keyin «Oq olmalar», «Chaman», «Suyanch tog‘larim», «Issiq qor», «Muqaddas ayol», «Yuragimning og‘riq nuqtalari», mustaqillik yillarida «Bu kunlarga yetganlar bor» va «Turkiston onasi» nashr etilgan. «Muqaddas ayol» uchun 1990-yilda Respublika davlat mukofotini olgan, 1991-yilda «O‘zbekiston xalq shoirasi» unvoniga sazovor bo‘lgan; «Saodat» jurnaliga taxminan o‘n yil bosh muharrirlik qilgan. U 2018-yil 17-avgustda Toshkentda vafot etgan. «Dorilomon kunlar keldi...»da farzand onasini bahor kelganda g‘am-g‘ussadan qutulib hayotdan quvonishga chorlaydi. «Begim, sizni tabiat…»da qiz sevgan yigitga murojaat qilib, sadoqat va g‘ururi haqida gapiradi. «Shunchaki»da lirik qahramon hamma ishni astoydil qilishni istaydi: shunchaki yozish shoir uchun o‘lim, deydi.
Uch she’rning har biri uchun lirik qahramon kim va kimga murojaat qilayotganini aniqlab, bitta jumlada yozing (she’rdan satr ko‘chirmay).