Muhammad Rizo Ogahiy va uning g‘azallari
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Ogahiyning hayoti va faoliyatidan uchta yo‘nalishni (davlat, tarix, she’riyat/tarjima) bittadan misol bilan yozing.
Davlat – mirob; tarix – «Firdavs ul-iqbol» yakuni; she’riyat/tarjima – «Ta’viz ul-oshiqin» va «Guliston» tarjimasi.
2
Tashxis san’atiga «Navro‘z» g‘azalidan bitta, o‘z kuzatuvingizdan bitta misol keltiring.
Masalan: navro‘z doyalik qildi; o‘zingizniki: «kuz bog‘ga oltin ko‘ylak kiygizdi».
3
Lirik qahramon shoirning o‘zi bo‘lmasligi mumkinligini «Navro‘z» g‘azali misolida tushuntiring.
G‘azaldagi nochor odam – kambag‘allarning umumlashma obrazi; Ogahiy yuqori lavozimlarda bo‘lgan.
4
«Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun» g‘azalidan shoirning hukmdorga qanday tilaklari borligini sanang.
Doimiy shodlik va baxt, adolati quyoshday yoritishi, dushmanlari mag‘lubiyati, itoatsizlarning to‘g‘rilanishi.