Shartsiz va shartli reflekslar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Shartsiz va shartli reflekslarni 4 belgi bo‘yicha solishtiring.
Tug‘ma/hayotda hosil; hamma uchun bir xil/individual; doimiy/so‘nuvchi; miya sopi/po‘stloq.
2
Shartsiz reflekslarning 4 turidan har biriga misol yozing.
Emish; aksirish; notanish tovushga burilish; ko‘payish bilan bog‘liq reflekslar.
3
Pavlov tajribasini 3 qadamda yozing.
Ovqat – so‘lak; chiroq+ovqat takrori; faqat chiroqdan so‘lak.
4
Nega bilimni takrorlash kerak?
Takrorlash shartli bog‘lanishni mustahkamlaydi, aks holda so‘nadi.
5
Kundalik hayotdan 2 ta shartli refleks misolini yozing.
Qo‘ng‘iroqda sinfga kirish; yo‘l chirog‘iga qarab to‘xtash.