S. A. Yesenin: «Черёмуха» va boshqa she’rlar
Sergey Aleksandrovich Yesenin (1895–1925) 1895-yil 21-sentabrda Ryazan guberniyasidagi Konstantinovo qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. U o‘z qishlog‘idagi zemstvo bilim yurtida o‘qigan, 1913-yilda Moskvadagi Shahar xalq universitetiga kirgan, keyin Peterburgga ko‘chib, mashhur shoir va yozuvchilar bilan tanishgan. Birinchi she’rlari 1914-yilda bosilgan. U ona yurt tabiatini – kamtarin, tashqaridan unchalik yorqin bo‘lmagan Rossiyani – «берёзового ситца» mamlakati deb atagan; she’rlari ohangdor, ko‘pi qo‘shiqqa aylangan. Sharqqa qiziqqan: Boku, Tbilisi, Toshkent va Buxoroga borgach «Персидские мотивы» to‘plamini yozgan; Eron unga Osiyoning yuragidek tuyulgan. Yesenin 30 yoshida vafot etgan. Toshkentda uning muzeyi bor. «Черёмуха» she’rida gullagan shumurt, oltin shoxlar ‘jingalak soch’dek o‘ralgan, soy esa shoxlarga qo‘shiq aytadi. Qo‘ng‘iroq haqidagi she’rda mudragan qo‘ng‘iroq dalalarni uyg‘otadi, yer quyoshga jilmayadi.
«Epitetlar bankasi»: o‘quvchilar «Черёмуха»dan epitet topadi va ularni ot bilan bog‘laydi («душистая черёмуха», «серебряный ручей»), so‘ng o‘z epitetini o‘ylab topadi.