A. I. Kuprin: «Слон» hikoyasi
Aleksandr Ivanovich Kuprin (1870–1938) 1870-yil 26-avgustda Penza guberniyasida mayda amaldor oilasida tug‘ilgan. Otasi vafot etganda Aleksandr ikki yoshga ham to‘lmagan edi; oila Moskvaga ko‘chgan va bolaligi hamda yoshligi shu yerda o‘tgan. Olti yoshida Razumovskiy pansioniga berilgan, 1880–1888-yillarda Moskva kadet korpusida o‘qigan. Birinchi hikoyasi «Последний дебют» 1889-yilda chiqqan. 1890-yilda Aleksandrovskiy harbiy bilim yurtini bitirib, to‘rt yil ofitser bo‘lib xizmat qilgan; xizmat uning kelajak asarlariga boy material bergan. U Rossiya bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan, ko‘p kasb sinab ko‘rgan va hayot taassurotlarini hikoya va qissalarida aks ettirgan. «Слон» hikoyasida kasal qiz Nadya hech narsani xohlamaydi, lekin tirik fil ko‘rishni istaydi. Otasi sirk egasidan filni vaqtincha uyga olib kelishni iltimos qiladi, egasi o‘z qizini o‘ylab rozi bo‘ladi. Nadya Tommi bilan o‘ynab, ovqatlanib, tuzala boshlaydi.
«Qahramon nomidan gapiring»: guruhlarda hikoyadan bitta qahramonni tanlang (Nadya, ota, sirk egasi) va u o‘z kayfiyatini rus tilida ayting («Мне скучно», «Я рад», «Я боюсь»).