To‘g‘ri burchakli uchburchakning xossalari
To‘g‘ri burchakli uchburchakda to‘g‘ri burchakni hosil qilgan ikki tomonni katetlar, to‘g‘ri burchakka qarama-qarshi yotgan uchinchi tomonni gipotenuza deymiz. 1-xossa: to‘g‘ri burchakli uchburchakning ikki o‘tkir burchagi yig‘indisi 90°. 2-xossa (masala): 30° li burchak qarshisidagi katet gipotenuzaning yarmiga teng; isbot: △ABC ga teng △BCD ni yasab 60° li burchaklardan teng tomonli △ABD hosil qilamiz, unda AB = AD = 2AC. Teskari xossa: katet gipotenuzaning yarmiga teng bo‘lsa, uning qarshisidagi burchak 30°. 3-xossa: gipotenuzaga tushirilgan mediana gipotenuzaning yarmiga teng. Bu xossalar masalalarni tez yechishga yordam beradi.
«Yarim yoki to‘liq»: kartochkalarda gipotenuza va burchak; bolalar 30° qarshisidagi katet uzunligini tez topadi.