Piramidalar va daxmalar
Piramidalar Qadimgi va O‘rta podsholik davrida fir’avnlarning maqbaralari sifatida qurilgan. Eng mashhurlari Memfis yaqinida (Giza) fir’avnlar Xufu (Xeops), Xafra va Menkaura uchun barpo etilgan. Xufu piramidasi taxminan mil. avv. 2600–2560-yillarda qurilgan; dastlabki balandligi taxminan 147 metr. U jahonning yetti mo‘jizasidan biri va hozirgacha saqlanib qolgan yagonasidir. Piramida millionlab tosh bloklardan tuzilgan. Ichida dahliz va xonalar, birida fir’avn mumiyasi solingan toshtobut turgan. Piramidalarni sfinks — sher tanali va odam boshli, balandligi taxminan 20 metr bo‘lgan haykal qo‘riqlaydi. Yangi podsholik davrida fir’avnlar tog‘ qoyalariga o‘yilgan maqbaralarga dafn etilgan; eng mashhuri — Tutanxamon maqbarasi (1922-yilda topilgan). Misrliklar o‘limdan keyin yerosti saltanatida hayot davom etadi, Osiris sudida marhum yuragi haqiqat ilohasi patiga qarama-qarshi tarozida o‘lchanadi deb ishongan. Shuning uchun jasad mumiyolangan; bu taxminan 70 kun davom etgan, jasad matolarga o‘ralib, tumorlar qo‘yilgan.
«Piramida quramiz»: bolalar blokchalardan uch qavatli piramida qurib, maqbara ichidagi xonani «tasvirlaydi».