Sifat, uning yasalishi va sodda sifatlar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyingizdagi beshta narsaga ikkitadan sifat toping va yozing.
Masalan: qizil olma, shirin olma; yumshoq divan, katta divan.
2
-li va -siz bilan to‘rtta juft sifat yozing.
Kuchli — kuchsiz; ma’noli — ma’nosiz; tuzli — tuzsiz; sutli — sutsiz.
3
Fasllar nomiga -gi (-ki) qo‘shib sifat yasang va gap tuzing.
Bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki. Qishki ta’til qiziq o‘tdi.
4
Beshta sifatni tub va yasamaga ajrating.
Masalan: katta, tez — tub; aqlli, ilmiy, kuchsiz — yasama.