Allomalar va temperatura
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Teng massali 100 °C va 20 °C suv aralashtirildi. Taxminiy temperatura necha °C?
60
2
Beruniy–Ibn Sino savol-javobini o‘z so‘zingiz bilan 4–5 gapda yozing.
Namuna: Beruniy muz suvda nega suzishini so‘radi; Ibn Sino havo bo‘laklari deb javob berdi; Beruniy idish tashqariga yorilganini kuzatib e’tiroz bildirdi.
3
Uydagi xona termometrida ertalab, kunduzi, kechqurun temperaturani o‘lchab jadvalga yozing.
Har bir o‘quvchida javob turlicha (masalan, 20, 23, 21 °C).
4
Nima uchun termometrni to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan joyga osib bo‘lmaydi?
U havoning emas, nur yutgan holda o‘z temperaturasini ko‘rsatadi.
5
Simobli termometr nima uchun xavfli va uning o‘rniga qaysilarni ishlatish mumkin?
Simob zaharli; spirtli yoki elektron termometr ishlatiladi.