Alisher Navoiy va xamsachilik
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Nizomiy, Dehlaviy va Navoiy «Xamsa»larini jadvalga solib, taqqoslang (kim, qachon, qaysi tilda).
Nizomiy – 1173–1201, fors tilida; Dehlaviy – 1299–1301, fors tilida; Navoiy – 1483–1485, turkiy tilda.
2
Navoiyning kamida to‘rtta asarini nomlang va ularni lirik, epik yoki ilmiy turga ajrating (kitob yoki kattalar yordamida).
Masalan: «Xazoyin ul-maoniy» – lirik; «Farhod va Shirin» – epik; «Muhokamat ul-lug‘atayn» – ilmiy; «Majolis un-nafois» – ilmiy-biografik.
3
Navoiyning «Xamsa»ni turkiy tilda yozishiga sabab bo‘lgan fikrni o‘z so‘zingiz bilan bayon qiling.
U xalq uchun asar o‘z tilida bo‘lishi, turkiy til forsiy tildan kam emasligini ko‘rsatishi lozim, deb hisoblagan.
4
«Navoiyni bilish – o‘zlikni bilish» degan fikrga o‘z munosabatingizni uch gapda yozing.
Javob erkin; Navoiy asarlari xalq tafakkuri, tili va ma’naviyatini aks ettirishi haqida dalil keltirilishi kerak.