Eng qadimgi odamlar: paleolit davri
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Eng qadimgi odamlarning nomlarini va suyaklari topilgan joylarni jadvalga yozing.
Avstralopitek — Janubiy Afrika; zinjantrop — Sharqiy Afrika; pitekantrop — Yava; sinantrop — Xitoy; neandertal — Germaniya; kromanyon — Fransiya.
2
Totemizm, animizm va fetishizmning farqini misol bilan tushuntiring.
Totemizm — hayvon bilan qarindoshlikka ishonish; animizm — jonlar va ruhlarga ishonish; fetishizm — buyum omad keltiradi deb ishonish.
3
Xaritadan Selungur, Ko‘lbuloq va Teshiktosh joylashgan hududlarni toping va nomlarini yozing.
Selungur — Farg‘ona vodiysi; Ko‘lbuloq — Toshkent vohasi (Ohangaron vodiysi); Teshiktosh — Boysun tog‘lari (Surxondaryo).
4
Qadimgi odamlar nega tabiat kuchlariga sig‘ingan? 3–4 gap yozing.
Ular momaqaldiroq, yashin, yomg‘ir sabablarini bilmagan, tabiatni jonli deb bilgan va undan qo‘rqib, unga umid bog‘lagan.