Afrikaning iqlim mintaqalari
Afrikada yettita iqlim mintaqasi bor: bitta ekvatorial, ikkitadan subekvatorial, tropik va subtropik. Ekvatorial mintaqa Kongo havzasining bir qismi va Gvineya qo‘ltig‘i sohilini egallaydi: yil bo‘yi harorat taxminan +26 °C, yog‘in ko‘p va bir tekis (ayrim joylarda 10 000 mm gacha), yilning bitta fasli — yoz. Har kuni ertalab quyoshli, tushga yaqin bulut, tushdan keyin jala yog‘adi. Subekvatorial mintaqa ekvatorial mintaqani shimol va janubdan o‘rab, taxminan 15–20° kengliklargacha boradi; bu yerda ikki fasl aniq: sernam yoz va quruq qish. Tropik mintaqa Sahroyi Kabirning katta qismini egallaydi — dunyodagi eng issiq va quruq iqlim: yozda tuproq yuzasi +70–80 °C gacha qiziydi, havo +40–45 °C, kechasi 0 °C gacha soviydi; vaqt-vaqti bilan issiq samum va hamsin shamollari qum bo‘ronini keltiradi. Janubiy yarimsharda ham tropik mintaqa bor. Subtropik mintaqa Afrikaning chekka shimoli va janubida: yozda tropik, qishda mo‘tadil havo hukmron; shimoli-g‘arb va janubi-g‘arbda O‘rta dengiz iqlimi (yoz quruq, qish nam), janubi-sharqiy sohilda yog‘in yil bo‘yi yog‘adi.
«Iqlim mintaqalari paneli»: har bir guruh bitta mintaqa uchun «ob-havo ma’lumoti» (harorat, yog‘in, fasllar) tayyorlab, boshqa guruhlarga o‘qib beradi; ular qaysi mintaqa ekanini topadi.