Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari
Buyuk ko‘llardan shimolda tabiat zonalari kenglik bo‘yicha, janubda esa ko‘proq meridian yo‘nalishida almashadi, chunki g‘arbda baland tog‘lar bor. Eng shimolda Grenlandiya va Kanada Arktika orollarida arktika cho‘llari joylashgan: qishi –35 °C dan ham sovuq, yozi +5 °C dan past; o‘simlik faqat mox va lishayniklar, hayvonlari oq ayiq, morj, qo‘yho‘kiz. Undan janubda tundra va o‘rmon-tundra, so‘ng ulkan tayga keladi; tayga qora va oq qarag‘ay, tilog‘och, pixta o‘rmonlaridan iborat, unda los, ayiq, bo‘ri, silovsin yashaydi. Tinch okean sohilida nam iqlimda daraxtlar 80–100 m gacha o‘sadi: duglas qarag‘ayi, sekvoyya. Sharqiy qismda aralash va keng bargli o‘rmonlar (eman, buk, zarang) bor; qizil zarang barglari Kanada ramzi. Markazda preriya va dashtlar, ularda bizon yurgan, hozir esa asosan dalalar. G‘arbiy-janubda chalacho‘l va cho‘llar: qora shuvoq, kaktus, yukka; janubi-sharqda nam musson o‘rmonlari va savannalar. Tog‘larda balandlik mintaqalari: pastda o‘rmon, undan yuqorida igna bargli o‘rmon, tog‘ o‘tloqlari va qorli cho‘qqilar; tog‘ qo‘yi, qor echkisi, grizli ayig‘i va puma shu yerda yashaydi.
«Zonalar qatori»: shimoldan janubga zonalarni qog‘oz chiziqqa yozing va har biriga bitta hayvon rasmini yoki nomini qo‘ying; keyin sinfdoshingizga ko‘rsatib, bu hayvon qaysi zonada yashashini so‘rang.