Amaliy mashg‘ulot: kodlash va hajm hisoblash
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
4 bitli kodlardan 5 tasini yozing (masalan, 0101) va jami nechta bo‘lishini hisoblang.
16
2
2 Gbayt necha Mbayt?
2048
3
O‘zingiz sevgan bir jumlani yozing va uning hajmini bayt va bitlarda toping (probellarni ham hisoblang).
Belgilar soni = baytlar soni; bitlar = baytlar × 8.
4
Kitobchada 6 sahifa, har sahifada 200 belgi bor. Hajmi necha bayt?
1200
5
Robot uchun kod: 00 – yuqoriga, 01 – o‘ngga, 10 – pastga, 11 – chapga. «01 11 10» kodi robotni qaysi yo‘nalishlarda yurgizadi?
O‘ngga, chapga, pastga.